Farzandlariga ideal bo'lgan otani uchratmadim: demak, gap yo otalarda ibratli fazilatlarning kamligida, yo farzandlarda ideal izlash istagining yo'qligida

KBI-50 guruhi haqida

   KBI-50 - bu Toshkent Moliya instituti Kredit-iqtisod fakultetining eng zo'r talabalaridan tuzilgan guruhdir. KBI-50 guruhi nafaqat Kredit-iqtisod fakultetining balki Toshkent Moliya institutining ko'zga ko'ringan guruhidir.
   Guruhimiz 2004 yil 28 avgustda Toshkent Moliya institute rektorining ¹268 qaroriga asosan tashkil etilgan va 2004 yilda davlat test markazi testlaridan muvafaqiyatli o'tgan dastlabki 25 ta abiturent ushbu guruhga talabalar sifatida qabul qilingan. Bizning guruhga barchaning havasi keladi. 
   Hozirgi kunga kelib guruhimizda 31 ta talaba tahsil olmoqda, ularning hammasi aqlli, o'qimishli va yuksak qobilayat sohiblaridir. Ishonmaysizmi!? Adashasiz, agar shunday bo'lmaganda, ular KBI-50 da o'qisharmidi?
   Guruh sardori Ismoilov Sherzod. U harbiy hizmatni (Afg'onistonda) o'tab qaytgach, o'qishga qaror qilgan, hammani hayron qoldiradigan joyi, Sherzod jami 226,8 balldan 248 ball olgan. O'ylab ko'ring, bu bo'lishi mumkin emas, bu yerda qandaydir bir sir borga o'xshaydi.
   Afsuski, guruhda atigi 3 ta qizcha bor. Lekin ular og'il bolalar bilan juda erkin muomala qilishadi. Uchchalasi ham deyarli bir hil, deyarli barcha yo'nalishlarda.
   Institutning eng kuchli guruhi bo'lishimizga qaramay, hech kim dars qilmasdan keladi, shu paytda faqat 1 kursda Egamov Eson aka o'tgan iqtisodiy bilimlar bizga yordamga keladi, gapni quruq olib qochib, umumiy gaplarni gapirish uchun. Lekin talabalarimizda qanaqadir yuksak iste'dod qirralari mujassamlashgan desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.
   Ohirgi paytlarda darsdan ko'p qochyapmiz, darsdan qochganimiz tugayli oldinlari ham farrosh opa bizga 3 martacha rahmat aytgan, chunki uning vazifasini vaqtinchalik biz bajarganmiz. Xullas, institutni ham bir yerini asraymiz, chunki o'zimiz tozalab turamizda.
   Kelajakda talabalarimizning orzulari osmon. Shu payt, statistika o'qituvchimiz aytgan: "…ham orzu qilgan ekan" deb aytgan gaplarini  eslaymiz. Hamma bir marta bo'lsa ham chet elga chiqib kelish niyatida, qaytib kelib O'zbekistonda The Bank of KBI50 ni ochishsa ajab emas. Lekin "yaxshi niyat yarim mol" degan so'zlar hech yodimizdan chiqmaydi.
   O'ylaymizki, kelajakda guruhimiz talalabalari orasidan, Respublikamizning turli jabha va regionlarida mansabdor shaxslar chiqadi, jumladan, ularning sa'y-harakalatlari o'laroq O'zbekiston Respublikasi bank tizimi yanada rivojlanadi.

TMI. © KBI-50-Webmaster: Uzelyor - 2007
Hosted by uCoz