Bilim tomon yo'l qisqa emas
(Yapon xalq maqoli)

Toshkent Moliya instituti
     Toshkent Moliya instituti 1991 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko'ra, Hisob-iqtisod tehnikumi va Toshkent Xalq xo'jaligi institutining moliya va hisob iqtisod fakultetlari bazasida tashkil etilgan.

     Toshkent Moliya instituti O'zbekistonda yetakchi oily o'quv yurtlaridan sanaladi. Uning tarkibiga 5 ta kunduzgi, 3 ta sirtqi fakultet, magistratura, aspirantura va doktorantura kiradi. Bundan tashqari institute qoshida malaka oshirish va hodimlarni qayta tayyorlash institute, biznes maktabi, moliya akademik litseyi, soliq litseyi, bank kolleji mavjud. Institutda 7500 dan ortiq talaba o'qiydi.
      Toshkent Moliya institute AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Belgiya, Malayziya, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik o'rnatgan.
    Institutda 350 dan ortiq professor-o'qituvchilar ishlaydi, shu jumladan, 45 dan ortiq fan doktorlari, professorlar, 140 ga yaqin fan nomzodlari, dotsentlar.
   Hozirgi kunda institutdagi 5 ta kunduzgi fakultet quyidagilar:

1.        Kredit-iqtisod fakulteti
-        Bank ishi yo'nalishi

2.        Soliq va sug'urta ishi fakulteti
-        Soliq va soliqqa tortish yo'nalishi.
-        Sug'urta yo'nalishi.

3.        Moliya-iqtisod fakulteti
-        Moliya  yo'nalishi
-        Investitsiyalarni moliyalashtirish yo'nalishi 
-        Moliya injiniringi yo'nalishi
-        Bozorlardagi faoliyat va operatsiyalar yo'nalishi.

4.        Boshqaruv fakulteti
-        Menejment yo'nalishi
-        Kasb ta'limi yo'nalishi
-        Statistika yo'nalishi.

5.        Hisob-iqtisod fakulteti
-        Buhgalteriya hisobi
-        Audit

Manzil: O'zbekiston, Toshkent, Kichik halqa yo'li - 7 uy
Tel: (+998 71) 134 53 34
       (+998 71) 134 90 32
Web: http://tfi.uz
E-mail: tfi@tfi.uz
           rektor@tfi.uz

TMI. © KBI-50-Webmaster: Uzelyor - 2007
Hosted by uCoz